• Muallif: Abu Homid G'azzoliy
• Muqova turi: Yumshoq
• Alifbo: Kirillcha, Lotincha
• Til: O'zbekcha
• Nashriyot: Iqro-Nashr
• O'ram turi: Termoplyonka
Alloh uchun sevmoq va Alloh dini yo‘lida do‘stlashmoq ibodatlarning eng fazilatlisidir.
Do‘stlashishning bir necha shartlari bor. Mo‘min kishi ana shu shartlarga rioya qilsa, u Alloh yo‘lida do‘stlashganlardan hisoblanadi.
Do‘stlik inson qalbini shubha va vasvasalardan qutqaradi va uni Allohga yaqinlashtiradi.
Har kim bilan ham do‘st tutinib bo‘lmaydi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
“Kishi do‘stining dinidadir. Shu sababli do‘st tanlayotganda hushyor bo‘ling”.
Ba’zi insonlar namoz o‘qiyotganda vafot etadi, ba’zilar esa uxlayotganda. Yana ba’zi birovlar o‘yin-kulgi holatlarida… Bu ishga inson hayotida bir marotaba duch keladi.
Ba’zi insonlarga o‘limidan oldin vafot etgan qarindoshlari, yor-u birodarlari ko‘rsatiladi. O‘shanda undan shunday bir ovoz chiqadiki, uni insonlardan boshqa hamma mavjudot eshitadi.
Agar uni biror inson eshitganda edi, aql-hushidan o‘sha zahoti ayrilgan bo‘lar edi. Chunki ruh qalbdan ajrilganda his-tuyg‘ulari ham buzilib ketadi.
Eng birinchi yo‘qotiladigan narsa bu ko‘rish qobiliyatidir. Eng oxirgisi esa eshitish xususiyatidir.
Mazkur mo‘jaz kitobda ulug‘ imom – Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad Tusiy Abu Homid G‘azzoliy qalamiga mansub mashhur kitoblardan biri “Al-Hikmatu fi maxluqotilloh” asarining o‘zbek tilidagi tarjimasi bilan tanishasiz.
“Yaratilishdagi hikmatlar va sirlar” deb nomlangan ushbu tarjima asarda o‘n sakkiz ming olam hayratlari: yer-u osmonning yaratilishi, insoniyat, tabiat, maxluqot va mavjudotlar, quruqlik va dengiz mo‘jizalari, butun borliqqa daxldor jamiki go‘zalliklar ila tanishasiz va ulardagi har bir kashfiyotdan hayratga tushasiz.
Sizga taqdim etilayotgan navbatdagi tarjima asarida buyuk alloma Imom G‘azzoliyning g‘azabni yutish fazilati, hasad haqiqati va uni davolash yo‘llarining izohi, gina va hasadning ofati, riyozat ila g‘azabni ildizi bilan yo‘qotish imkoni, g‘azabni yengish borasidagi tavsiyalari bayon qilinadi.
Marhamat, qo‘lingizdagi ushbu mo‘jaz risolani mutolaa qilish natijasida qalb xotirjamligi va go‘zal sakinaga ega bo‘ling!
Siz o‘n sakkiz ming olam sinoati, tiriklik mohiyati, umuman, borliq haqida ilohiy va dunyoviy ilmlardan ishonchli manba asosida ma’lumot olishni istaysizmi?!
Marhamat, qo‘lingizdagi ushbu mo‘jaz risola sizga bu borada xolis yordam beradi.
Hujjatli Islom nomi bilan ulug‘langan Imom G‘azzoliyning:
“Kitobga muhtoj bo‘lgan ilm – ilm emas. Ilm har doim qalbda bo‘lishi kerak”, degan fikrlari ayni mana shu kitobida yana bir bor amaliy isbotini topgan.
Ushbu asarni o‘qigan har bir inson mutashobih oyatlar va so‘zlarni qo‘llash, ularni tafsir va ta’vil qilish, bu boradagi savollarga qanday javob qaytarish kabi bir qator zaruriy dasturlamalarga ega bo‘ladi.
Mehnat bizdan, muvaffaqiyat esa Allohdandir. U zotga hamdlar, Rasuli Muhammad (s.a.v.)ga cheksiz durudu salovatlar bo‘lsin.
Imom G‘azzoliyning “Dunyo va uning haqiqati” asari insonni o‘tkinchi hayot sirlaridan ogohlantiradi. Unda dunyo ziynatlarining jilvalanishi pardasi ortida yashiringan fano va aldovlar, hoyu-havasning achinarli oqibatlari rad etilmas dalillar orqali isbotlangan.
Muallif Qur’oni Karim oyatlari, sahobalar va tobeinlar hikmatlari hamda falsafiy mulohazalari orqali insonni uyg‘oqlikka, qalb pokligiga va boqiy saodatga chaqirib, dunyo moliga mahliyo bo‘lmaslikka undaydi.
Asar o‘quvchini bir savol ustida mushohada qilishga chorlaydi: inson dunyoda necha kun mehmon? Boqiy saodatga erishish uchun foniy dunyoda bani bashar ahli qanday hayot kechirmog‘i joiz?
Muhtaram o‘quvchi! Qo‘lingizdagi mazkur risolada shu savollarga javob topa olgan bo‘lsangiz, demak, siz ma’rifat yo‘lidasiz!

