Ushbu kitob o‘rtahol oilada tug‘ilib-o‘sgan bolaning tanish-bilishsiz va hech qanday yirik mablag‘siz orzusiga yetgani — o‘zi xohlagandek inson bo‘la olgani haqida. Sho‘x, bebosh, doim yangi g‘oyalar va rejalar bilan yonib yuradigan bolakay o‘z ustida ishlab, shu asnoda atrof-olamdagi muhitni ham o‘zgartirgan.
Komil Allamjonov kitobxon bilan ochiqcha suhbatda insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmaslik sirlari, muvaffaqiyatga, boylik va e’tirofga erishish yo‘lida qanday yo‘qotishlarga duch kelishi mumkinligi va shaxsiy Menini saqlab qolish uchun nimalarga e’tibor berishi kerakligi haqida gapiradi.
Rang-barang voqealarga boy bu asarda muallif fe’l-atvorini shaklantirgan muhim davrlar va turli insonlar bilan uchrashuvlar goh hazilomuz tarzda, goh alam bilan tasvirlangan; to‘qima safsatalar puchga chiqarilgan, butun mamlakatda shov-shuv bo‘lgan hodisalarning parda orti jarayoni ko‘rsatilgan, ko‘plab farazlar va mish-mishlarga nuqta qo‘yilgan.

