Alkimyogar/Choliqushi/Telba /Kichkina shahzoda
1) Odamzodning bu dunyodagi yakkayu yagona, oliy vazifasi- o‘z Taqdirini ro‘yobga chiqarishga erishuvidir...
Barcha odamlar yoshlik paytlarida o‘z taqdirlarini biladilar... Ammo fursat o‘tishi bilan sirli bir kuch ularni o‘z Taqdirlarini ro‘yobga chiqarish imkonsiz ekanligiga ishontira boradi.
Bu sirli qudrat inson zotiga g‘animday tuyuladi, aslida yesa o‘z taqdirini qanday ro‘yobga chiqarish Yo‘lini xuddi ana shu qudrat ko‘rsatib beradi. U insonning ruhini va erkini o‘sha buyuk vazifaga tayyorlaydi. Bu kurrai zaminda oliy bir haqiqat mavjud: qachonki sen nimanidir astoydil istasang, albatta unga erishasan, chunki bunday istak Olamning Ruhida dunyoga kelgan bo‘ladi. Sen yer yuzida xuddi ana shuning uchun yaratilgansan.
“Alkimyogar” romani zamiridagi ushbu hikmat o‘tmishdagi o‘tgan yoxud rivoyat qahramoni bo‘lgan kimningdir hayotigagina taalluqli emas, bu siz-u biz uchun ham, bizdan keyingilar uchun ham o‘tilajak Yo‘ldir. Balki bugun bu kitobning dunyodagi 120 mamlakatda sevib o‘qilayotgani ham, Paulo Koeloning dunyoning yeng mashhur yozuvchisiga aylangani ham bejiz yemasdir.
“Alkimyogar” haqida gapirganda Richard Baxning "Jonatan ismli chag‘alay", “Tasavvurlar” yoki Ekzyuperining "Kichik shahzoda" singari ertak-rivoyatlarini eslamaslikning sira ham iloji yo‘q. Ammo “Alkimyogar” ularning hech biriga o‘xshamaydi.
2) Ayolning iztiroblari, ayolning og‘riqlari, ayolning og‘ir o‘y-kechinmalari... Ularning tugal yechimi bormi? Uni qanday muammo doimo qiynoqqa soladi? U nimadan tasalli topadi? Bu savollarning javobi bitta, u - muhabbatdir!
Muhabbat mavzusiga bag‘ishlangan asarlarni millati va dinidan, yoshidan qat'iy nazar, barcha birdek sevib, ko‘ziga yosh olib, qahramoni taqdiriga o‘zini hamdard qilib o‘qiydi. Rashod Nuri Guntekinning mashhur “Choliqushi” asarini ham xuddi shunday hissiyot bilan qo‘lga olasiz. Unda bu tuyg‘u o‘zining butun qudratini birgina ojiza – Choliqushi timsolida yaqqol gavdalantirib beradi.
3) E'tiboringizga havola etilayotgan roman – «Telba»ni turli millatga mansub minglab, millionlab kitobxonlar sevib mutolaa qiladilar. Nashriyotimiz tomonidan taqdim etilayotgan bu yirik asar 35 yillik tanaffusdan so‘ng o‘z o‘quvchilari bilan qaytadan diydor ko‘rishdi. Asarning qimmati nimada? Nima uchun «Telba»ni o‘qigan kitobxon daho ijodkor – Dostoyevskiy ijodiga qayta murojaat qilishga o‘zida kuchli ma'naviy ehtiyoj sezadi? Kitob qahramoni telba, darvish bo‘lgani holda o‘quvchini qaysi jozibasi bilan o‘ziga tortadi? Javoblar bisyor. Hamma zamonlarda bo‘lgan, hamma zamonlarda uchraydigan – manfaatparast, boylikka mukkasidan ketgan johillar orasida yashab, insoniylik mohiyatini saqlab qolgan, odamlarga hamisha hamdard bo‘lolgan, buyuk qalbi bilan yashagan knyaz Mishkin (telba); hayotining o‘ta murakkab va mushkul damlarida zohiran juda go‘l va zaif ko‘ringan qahramonimizga qalban muhtojlik sezgan Nastasya Filippovna, Aglaya kabi asarning tayanch qahramonlari mutolaa yakuniga qadar o‘quvchining diqqat markazida turadi. Romanning yozilganiga yuz ellik yilga yaqin fursat o‘tgan bo‘lsa-da, undagi qalbni poklashga bo‘lgan da'vat, tuyg‘ularni e'zozlash, har qanday sharoitda ham o‘zligini yo‘qotmasdan yashash kerakligi haqidagi ta'kidlar, fikrlar kitobni mutolaa qilgan har bir o‘quvchi uchun yangilik bo‘lib qolaveradi.
4) Antuan de Sent Ekzyuperi kitobga yozgan bag‘ishlovida shunday deydi: “Barcha kattalar avval bola bo‘lgan, ammo ulardan kamchiligi buni eslaydi”. “Kichkina shahzoda” kattalarga bolaligini eslash, bolalarga esa mehrliroq bo‘lish, ilk bor sabr, do‘stlik va muhabbat haqida o‘ylab ko‘rish imkoniyatini beradi.

