Oddiy hayot tarzidan boshlab, ingliz tili o‘qituvchiligidan ishni yo‘lga qo‘ygan Jek Ma atigi o‘n besh yil ichida "Alibaba" kompaniyasiga asos soldi va uni dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biriga — yuz millionlab xitoylik iste’molchilar hayoti bog‘liq bo‘lgan elektron tijorat imperiyasiga aylantirdi. "Alibaba"ning 2014-yildagi 25 milliard dollarlik IPO (birlamchi ommaviy joylashtirish) jarayoni tarixda shu turdagi eng yirik global voqea bo‘ldi. Butun dunyo bo‘ylab kompaniya rahbarlari va prezidentlar e’tiboriga sazovor bo‘lgan, o‘z davrining Rokfelleri darajasidagi shaxs — Jek Xitoyning jadal rivojlanayotgan xususiy sektori uchun ramziy timsol hamda yuz millionlab o‘rta sinf iste’molchilariga olib boruvchi asosiy yo‘l ochuvchidir.

