Bu kitob - ko‘plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro‘yxatiga kiradi. Garchand “Graf Monte Kristo“ yaratilganiga bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsa-da, undagi ulug‘vor g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti , kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o‘quvchini kitobga ipsiz bog‘lab qo‘yadi. Ayniqsa, Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o‘laroq, o‘zgacha inson bo‘lib yetishishi, bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o‘quvchisi uchun ham birdek maroqli.
“Graf Monte-Kristo“ keng kitobxonlar eʼtiborini qozongan asardir. Unda insoniylik, shaxs erkinligi va tuyg‘ular go‘zalligi ulug‘lanadi. Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin bo‘lsa-da chiqishi o‘z ifodasini topadi. Qahramonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va ziddiyatlar muallifning nihoyatda kuzatuvchan va mohirligini namoyon etadi.
1-kitob Sahifa-764
Muqova qattiq
1-kitob Sahifa-701
Muqova qattiq
Ushbu roman XVII asr Gollandiyasida kechgan voqealar asosida yozilgan bo‘lib, noyob va mukammal qora lola yetishtirish orzusi atrofida rivojlanadi. Asarda insonning sabri, orzusi va adolat uchun kurashi yorqin tasvirlanadi.
Bu hikoya nafaqat sevgi va sadoqat, balki hasad, xiyonat va taqdir sinovlari haqida ham. Har bir sahifada inson qalbining nozik jihatlari ochilib boradi.
Kitob asosida suratga olingan film bilan solishtirganda, asar ancha chuqurroq va hissiyotlarga boy — voqealar rivoji va qahramonlar kechinmalari kitobda butunlay boshqacha ochib berilgan.
“Qora lola” — bu shunchaki tarixiy roman emas. Bu inson orzularining qanchalik kuchli ekanini va har qanday sinovlarga qaramay, umid yo‘qolmasligini eslatib turuvchi ta’sirli asar.
Betlar soni-272
Muqovasi-Qattiq

