Akriliviy flamasterlar – ijod va dizayn ishlari uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli markerlar to‘plami. Ularning bo‘yoqlari kuchli pigmentga ega bo‘lib, chizilgan har bir chiziq aniq, yorqin va professional ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Bu flamasterni qog‘oz, karton, yog‘och, shisha, tosh va boshqa yuzalarda bemalol ishlatish mumkin. Bo‘yoq tez quriydi va suv ta’siriga chidamli qatlam hosil qiladi.
To‘plamlar:
12 rang – boshlovchilar uchun
18 rang – keng rang tanlovi
24 rang – professional ijodkorlar uchun
Qulay ushlash dizayni va sifatli siyohi tufayli uzoq vaqt davomida foydalanish mumkin.

