118 buyumdan iborat akumulyatorli asboblar to‘plami — uy, garaj va ustaxona ishlari uchun mo‘ljallangan universal va to‘liq jamlanma. Ushbu to‘plam kundalik ta’mirlash, montaj va yig‘ish ishlarining deyarli barchasini bitta keýs yordamida bajarish imkonini beradi.
To‘plam tarkibiga bolg‘a (montaj va temir ishlari uchun), turli o‘lchamdagi otvertkalar (yassi va krest shaklli), qisqich va passajilar (ushlash, bukish va mahkamlash uchun), razvodnoy kalit (har xil o‘lchamdagi bolt va gaykalar uchun), shuningdek golovkalar va trishotka kiradi. Bundan tashqari, metall va yog‘och uchun sverlolalar, bitlar to‘plami, ruletka, qurilish pichog‘i va yordamchi aksessuarlar mavjud.
Barcha asboblar mustahkam materiallardan tayyorlangan bo‘lib, kundalik yuklamalarga moslangan. Ular zarbaga chidamli plastik keýs ichida alohida joylarga joylashtirilgan, bu esa tartibni saqlash, tez topish va qulay tashishni ta’minlaydi.
Elektr qismi shotkali (brush) dvigatelli shurupovert bilan jihozlangan. U aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish (revers) va momentni sozlash funksiyasiga ega. To‘plamda 2 ta akumulyator va zaryadlovchi qurilma mavjud bo‘lib, uzluksiz ishlash imkonini beradi.
Ushbu to‘plam — alohida-alohida asboblar olish o‘rniga bitta qulay va to‘liq yechim izlayotganlar uchun a’lo tanlov.

