AJAZZ AK820 V2 mexanik gaming klaviatura, 75%, Bluetooth + 2.4G + USB Type-C, RGB, Hot-Swap
AJAZZ AK820 V2 — geymerlar va kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan 75% formatdagi mexanik klaviatura. Klaviatura Bluetooth, 2.4G simsiz va USB Type-C orqali ulanadi. 10 000 mAh sig‘imli batareya uzoq vaqt simsiz foydalanish imkonini beradi. Gasket Mount, ko‘p qatlamli tovush izolyatsiyasi, PBT keycaplar va RGB yoritish qulay foydalanish hamda zamonaviy ko‘rinishni ta’minlaydi.
Bluetooth — noutbuk, planshet va boshqa mos qurilmalar bilan simsiz ulanish.
2.4G Wireless — komplektdagi USB qabul qilgich orqali past kechikishli simsiz ulanish.
USB Type-C — simli ulanish va zaryadlash uchun.
Gasket konstruksiyasi tugmalar bosilganda yumshoqroq hissiyot beradi. Ko‘p qatlamli tovush izolyatsiyasi klaviaturadagi ortiqcha rezonans va bo‘sh tovushlarni kamaytirishga yordam beradi.
Hot-Swap PCB 3-pin va 5-pin switchlarni paykalka qilmasdan almashtirish imkonini beradi. Bu klaviaturani keyinchalik o‘zingizga mos switchlar bilan sozlash imkonini beradi.
South-facing LED joylashuvi va RGB yoritish mavjud. Yoritish effektlarini AJAZZ dasturi orqali sozlash mumkin.
Agar sizdagi mahsulot aynan Magnetic/Hall Effect AK820 MAX bo‘lsa, uni AK820 V2 bilan aralashtirmang: AK820 MAX HE — boshqa model bo‘lib, magnit switch va 8K simli polling rate bilan keladi.

