AJAZZ AJ179 V2 Max o'yin sichqonchasi 3 xil ulanishni qo‘llab-quvvatlaydi: 2.4G simsiz, Bluetooth va USB simli. Siz vaziyatga qarab ulanish usulini bemalol almashtirishingiz mumkin. 2.4G va USB rejimlarida 1000Hz Polling Rate tufayli buyruqlar juda tez uzatiladi, bu esa o‘yinlarda yuqori aniqlik va tezkor javobni ta'minlaydi.
Atigi 56 gramm vaznga ega bo‘lgan AJ179 V2 Max sichqonchasi uzoq vaqt ishlaganda yoki o‘yin o‘ynaganda qo‘lni kamroq charchatadi. Ergonomik shakli (125 × 67 × 43 mm) kaftga qulay joylashadi va sichqonchani aniq boshqarishga yordam beradi.
AJAZZ AJ179 V2 Max o'yin sichqonchasi PixArt PAW3311 sensori bilan jihozlangan. Maksimal 12000 DPI sezgirlikni qo‘llab-quvvatlaydi, 300 IPS kuzatuv tezligi va 35G tezlanish tufayli tez harakatlarda ham kursor aniq ishlaydi. FPS, MOBA va boshqa raqobatbardosh o‘yinlar uchun juda mos.
AJ179 V2 Max sichqonchasi Huano Green & White Dot mikrotugmalari bilan jihozlangan bo‘lib, ular 100 million martagacha bosishga mo‘ljallangan. Fengshi Weiqi skroll g‘ildiragi esa 1 million aylanish resursiga ega bo‘lib, silliq va aniq ishlaydi.
Katta sig‘imli 800 mA/soat batareya uzoq vaqt simsiz foydalanish imkonini beradi. Teflon oyoqchalari esa sichqonchaning stol yuzasida silliq sirpanishini ta'minlab, harakatni yanada qulay qiladi.
3 xil ulanish - har qanday qurilmaga moslashadi
12000 DPI - aniq va tez boshqaruv
Atigi 56g - qo‘lni charchatmaydi
Ishonchli Huano switchlar - uzoq xizmat qiladi
1000Hz tezlik - o‘yinlarda maksimal javob
800mAh batareya uzoq vaqt ishlaydi









