AJAZZ AF82 - bu 75% o‘lchamdagi ixcham membranali mexanik klaviatura bo‘lib, u 3 xil usulda ishlaydi: USB Type-C Simli, Simsiz 2.4GHz USB adapter orqali va Bluetooth orqali. Unda 82 ta qulay tugma bor, RGB yoritish mavjud, yonida ovoz boshqarish uchun aylantiriladigan knopka bor va kuchli 4000mAh batareyaga ega. Bu klaviatura ish uchun ham, o‘yin uchun ham juda qulay.
Bu klaviaturani 3 xil usulda ishlatish mumkin: USB Type-C Simli, Simsiz 2.4Ghz USB adapter orqali yoki Bluetooth bilan. Shuning uchun uni kompyuter, noutbuk yoki planshetga oson ulash mumkin. Komplektida 1.5 metrli Type-C kabel ham bor.
82 ta tugmali joylashuvi stolingizda joyni tejaydi va ishlashni qulay qiladi. Tugmalari mustahkam va bosilishi yumshoq, uzoq vaqt yozishda ham qo‘l charchamaydi.
Klaviaturada rangli yoritish bor, uni o‘zingizga yoqqan rang va effektlarga sozlashingiz mumkin. Bu nafaqat chiroy beradi, balki qorong‘ida ham ishlashni osonlashtiradi.
Yonidagi aylantiriladigan knopka orqali ovozni tez boshqarish mumkin. 4000mAh batareyasi uzoq vaqt zaryad olmasdan ishlashga yetadi.
Klaviatura bir nechta ranglarda mavjud: ko‘k, kulrang-to‘q sariq va to‘q kulrang. Vazni atigi 750g, olib yurish oson. Uyda ham, ofisda ham bemalol ishlatsa bo‘ladi.










