AirPods Pro 3 simsiz naushniklaringiz uchun maxsus loyihalashtirilgan ushbu g'ilof qurilmangizni har qanday kutilmagan zarbalar, tushib ketishlar va tirnalishlardan ishonchli ximoya qiladi. Mahsulot yuzasi teksturali mato hamda zamonaviy metall belgi bilan bezatilgan bo'lib, qo'lda sirpanib ketmaydi va chang to'plamaydi.
G'ilof korpusiga tugma (knopka) va mustahkam metall karabin o'rnatilgan — bu naushnik qopqog'i o'z-o'zidan ochilib ketishining oldini oladi va uni sumkaga, kiyimga yoki kalitlarga qulay qilib qashtirib qo'yish imkonini beradi. Zaryadlash porti va tugmalar uchun aniq qilingan teshiklar g'ilofni yechmasdan naushnikdan to'liq foydalanish imkonini beradi.

