Dunyoning yetakchi mutaxassislari tomonidan yozilgan ushbu kitob Agile yondashuvi asosida sinov jarayonini batafsil yoritib beradi. Unda o‘qitish va korporativ madaniyatning o‘rni, malakali kadrlarni tanlash, texnik tayyorgarlik, rejalashtirish modellari hamda sinovlarni avtomatlashtirish masalalari haqida so‘z boradi. Ushbu mukammal amaliy qo‘llanma Agile boshqaruv usullariga o‘tish va ish samaradorligi ko‘rsatkichlarini yaxshilashni maqsad qilgan IT sohasi mutaxassislari uchun ayni muddao bo‘ladi.

