• Muallif: Agata Kristi
• Nashriyoti: Yoshlar matbuoti
• Muqova: Yumshoq
• Format: A5
Ushbu kitobga detektiv janri qirolichasi nomini olgan yozuvchi Agata Kristining eng qiziqarli, sirliligi bilan kitobxon e'tiborini tortadi.
Yozuvchining asarlari kitobxonni voqealarning sirli jumboqqa boyligi bilan o'ziga tezda jalb qiladi. Uning izquvar qahramonlari fikri taniqligi, jinoyatlarni fosh qilishda yaqindan ishtirok etishi ajralib turadi. Ayniqsa, qo'ng'iz mo'ylov Puaroning jinoyatlarni fosh etishi yoki Marpl xonimning jinoyatlarni ochishda masalaning yechimida o'zining aniq xulosasini berishi kishini hayratga soladi. Siz, aziz o'quvchi, kitobni o'qish jarayonida bunga amin bo'lasiz.
Puaro obrazi mashhurlik bobida Sherlok Xolms darajasigacha yetib bordi. Buni kino ixlosmandlari, adabiyotsevarlar ham tasdiqlashi shubhasiz.
Detektiv qirolichasi Agata Kristi kashf qilgan, keyinchalik adibaga katta shuhrat keltirgan "Al-Karnaku kemasidagi qotillik" asari o‘zbek o‘quvchisiga kitob holida ilk bora taqdim etilmoqda.
Aslida sayohat uchun yo‘lga otlangan Puaro insonlar taqdirining navbatdagi qarama-qarshiliklariga duch keladi.
Yosh, sohibjamol va ayni paytda juda katta mol-mulk sohibasi qanchalik aqlli, qanchalik tadbirkor bo‘lmasin, hayot sinovlari, hayot imtihonlari oldida o‘zini butkul yo‘qotib qo‘yadi. Turmushga chiqib baxtni orzu qilgan qiz taqdiri kutilmagan vaziyatlarni yuzaga keltiradi.
Puaro ustamonlik bilan yechim topgan jinoyat ishi boshqalari kabi hayratlanarli, boshqalari kabi hayajonga boy, boshqalari kabi kutilmagan yechim bilan yakun topadi.

