• Asosiy notalar: pachuli, vanil, mox
• Yuqori notalar: qizil mevalar, kardamon, qora murch
• O‘rta notalar: ananas, jasmin
Afnan Turathi Purple – bu o‘ziga ishongan, nafis va hashamatli ayollar uchun yaratilgan ifor, u e’tiborni tortish va unutilmas taassurot qoldirishdan qo‘rqmaydi. Ushbu atir sharqona an’analar nafisligi va zamonaviy uslubni o‘zida mujassam etib, haqiqiy malikaga xos obrazni yaratadi.
Afnan Turathi Purple yorqin va shirin qizil mevalar notalari bilan ochiladi. Achchiq kardamon va qora murch esa unga o‘tkir joziba va sirli o‘ziga xoslik qo‘shib, atirni taqayotgan ayolning jasur, o‘ziga ishongan va unutilmas ekanligini bildiradi.
Yurak notalarida go‘zal yasmin gullari ochiladi, ularga ekzotik ananasning shirinligi qo‘shilib, nozik, romantik va murakkab uyg‘unlik hosil qiladi.
Parfyum pachuli, mox va vanilning iliq va o‘rab oluvchi shleyfi bilan yakunlanadi. Ushbu yakuniy akkord hasamat, nafislik va quyuq hissiyotlarni o‘zida jamlab, iforni boy, o‘ziga tortuvchi va bardavom qiladi.
Yuqori notalar: qizil mevalar, kardamon, qora murch
O‘rta notalar: ananas, yasmin
Asosiy notalar: pachuli, vanil, mox
Hashamatli atir shunga mos nafis va chiroyli qadoqlanishni talab qiladi. Afnan Turathi Purple chuqur binafsha rangdagi quti ichida taqdim etilgan bo‘lib, uning betakror naqshlari atirning salobat va o‘ziga xosligini ta’kidlaydi.
Qutining ichki qismi qora rangda bezatilgan bo‘lib, eksklyuzivlik hissini yaratadi. Ichki yozuv esa ushbu iforning mohiyatini ifodalaydi: bu atir boy madaniy merosni o‘zida aks ettirgan, o‘ziga ishongan va e’tiborni jalb qilishdan qo‘rqmaydigan ayollar uchun yaratilgan.
Flakoni esa haqiqiy san’at asari. Silliq binafsharang korpus va metall aksentlar uni zamonaviy, qudratli va nafis qiladi. Bu atirning egasi ham o‘ziga xos, ishonchli va betakror.

