• Yuqori notalar: bergamot, mandarin
• O‘rta notalar: ambra va yog‘och akkordlari
• Asosiy notalar: mushk, patchuli, yengil ziravorlar
Afnan Turathi Blue – bu hayotini boshqaradigan va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga dadil intiladigan erkaklar uchun yaratilgan ifor. U ichki kuch, qat’iyat va muvaffaqiyat sari yo‘lni aks ettiradi. Yangilantiruvchi, dinamik va o‘ta nafis – bu parfyum zamonaviy liderning mukammal hamrohi bo‘lib, o‘chmas taassurot qoldiradi.
Afnan Turathi Blue yorqin sitrus uyg‘unligi bilan ochiladi, unda bergamot va mandarin tozalikka, bardamlik va engillikka urg‘u beradi. Ushbu boshlanish jo‘shqin energiya va ishonchni taqdim etib, xuddi shamol esgan dengiz sohilidek his uyg‘otadi.
Yurak notalarida iliq amber va hashamatli yog‘och notalari barq uradi, bu esa iforga chuqurlik, erkaklarga xos mustahkamlik va o‘ziga xos joziba qo‘shadi. Ushbu uyg‘unlik atirni uslubli, rasmiy va hurmatga sazovor shaxslar uchun mos qiladi.
Finalda muattar mushk, patchuli va yengil baharatli notalar joy olgan bo‘lib, ular bardavom, nafis va unutilmas shleyfni hosil qiladi. Erkak xarizmasining hidi aynan shu!
Yuqori notalar: bergamot, mandarin
O‘rta notalar: amber va yog‘och akkordlari
Asosiy notalar: mushk, patchuli, yengil ziravorlar
Afnan Turathi Blue hasamat va ishonchni aks ettiruvchi chuqur ko‘k qutida taqdim etilgan. Ichki bezak qora fonda kumush yozuvlar bilan ishlangan bo‘lib, u iforning konsepsiyasini to‘liq ochib beradi:
"O‘z izini qoldiradigan erkak uchun. U hayotini boshqaradi, barcha to‘siqlarni yengib o‘tadi va muvaffaqiyat sari intiladi. Bu ifor ichki kuch va buyuklik haqida gapiradi."
Flakon metall aksentlari bilan bezatilgan jiddiy va elegant ko‘k tusga ega. Uning zamonaviy dizayni va yorqin jilosiga ega korpusi uni oddiy flakon emas, balki status va nafislik ramziga aylantiradi.

