• Matosi: leon, yengil va nafas oladi
• Komplekt: ko'ylak lozim (2 qism)
• zamonaviy, nafis va qulay fason
• Parvarish: bemalol yuvsa bo‘ladi, rangini yo‘qotmaydi
• O'lchamlar: 46, 48, 50, 52
Zamonaviy va nafis uslubda tikilgan ayollar komplekti sizga qulaylik va chiroyli ko‘rinishni birlashtirib beradi. Model o‘ziga xos dizayni, yengil fasoni va did bilan ishlangan detallari bilan ajralib turadi. Ustki qismi nafis shaklda tikilgan bo‘lib, ustidan tushib turadigan yengil yubkacha ko‘rinishidagi qatlam obrazga alohida joziba bag‘ishlaydi. Pastki qismi esa harakatda qulaylik beradigan shim bilan uyg‘unlashgan.
Matosi — leon, juda yengil, havo o‘tkazuvchan va tana uchun yoqimli. Issiq havoda ham bezovta qilmaydi, kundalik kiyish uchun ayni muddao. Matoning sifati yuqori bo‘lgani uchun bemalol yuvsa bo‘ladi, rangini va shaklini saqlab qoladi.
Ushbu komplektni kundalik yurishlarda, mehmondorchilikda yoki bayramona holatlarda bemalol kiyish mumkin. Har qanday yoshdagi ayollar uchun mos va didli tanlov hisoblanadi.
❗️ Iltimos, faqat aniq oladigan rang va o‘lchamni buyurtma qiling
❗️ Bir nechta rang tanlab, keyin qaytarish mumkin emas

