✨ Adham Sharqoviy asarlari — Sharqona badiiyat va hikmat olami!
MUNIR nashriyoti taqdim etadi: Shunday kitoblar borki, ular oilaviy mutolaa qilishga arziydi. Biz sizga Adham Sharqoviyning o‘z uslubi bilan tanilgan, qalblarga yaqin eng sara asarlarini ilinamiz.
🚨 DIQQAT! Xarid qilishdan oldin "Tur" (Vid) bo‘limidan kerakli variantni tanlang:
🎁 TO‘LIQ TO‘PLAM (6 tasi 1 da): Barcha 6 ta kitob maxsus sovg‘abop qutida keladi.
📘 ALOHIDA KITOBLAR: Ro‘yxatdagi istalgan kitobni yakka holda xarid qilishingiz mumkin.
To‘plamdan (va tanlovdan) quyidagi kitoblar o‘rin olgan:
🧔🏻♂️ "Faqat erkaklar uchun" — Har bir erkak kishi o‘qishi kerak bo‘lgan, mardlik va mas'uliyat haqida.
🧕🏻 "Siz ham sahobiyasiz" — Ayol-qizlarimizning qadr-qimmati va yuksak maqomi haqida go‘zal asar.
🕌 "Payg‘ambar bilan" — Hadislar turmushimizga moslab sharhlangan, Payg‘ambarimiz (s.a.v) bilan g‘oyibona suhbat.
📖 "Biz sizga hikoya qilib beramiz" — Hayot va din haqida chuqur mulohazaga undovchi qissalar.
🤝 "Abu Bakr Siddiq" — G‘ordagi hamroh va sodiq do‘st, birinchi xalifa hayoti.
⚖️ "Umar ibn Xattobni uchratganimda" — Qat’iyat va adolatda peshvo bo‘lgan zot haqida.
Nima uchun o‘qish kerak? Asarlardagi xalqchillik va badiiy uslub sizga xush keladi. Go‘yo o‘sha davr muhitida yashagandek bo‘lasiz. Ushbu kitoblar yaqinlaringiz, aka-uka, opa-singillaringiz va ahli ayolingiz uchun qimmatli tuhfa bo‘ladi.
Xususiyatlari:
👤 Muallif: Adham Sharqoviy
🛡 Muqova: Qattiq
📦 Variantlar: To‘plam (qutili) yoki Donabay
📱 Munir Market ilovasi: Ushbu kitoblarning audio va elektron formatlarini bizning “Munir Market” ilovamiz orqali hamyonbop narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

