"Bilish muhim" (Important to Know) kitoblar turkumi bilimning asosiy sohalarini qamrab oluvchi va tarix rivojiga tubdan ta’sir ko‘rsatgan 50 ta fakt, g‘oya, narsa hamda shaxsni o‘zida jamlagan, rang-barang tasvirlar bilan boyitilgan nashrlardan iborat. Ushbu kitoblar bilimingizdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish, xotirangizni yangilash yoki tanish faktlarga yangicha nazar tashlash uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Bu yerda sizni qiziqtirgan, ammo so‘rashga ikkilangan barcha narsalar haqida ma’lumot topasiz! Mazkur kitob jahon tarixidagi eng muhim voqealar haqidagi 50 ta qiziqarli hikoyani o‘z ichiga oladi!

