Korxonalardagi ilovalar o‘zaro ma’lumot almashishga (kommunikatsiyaga) ehtiyoj sezadi va bu jarayon ko‘pincha xabar almashish (messaging) orqali amalga oshiriladi. Apache ActiveMQ — Java ilovalarida xabar almashish imkoniyatini ta’minlovchi Java Message Service (JMS) standartining ochiq kodli (open-source) realizatsiyasidir.

