A4Tech Fstyler FK11 — ofis ishlari, o‘qish, matn terish va kundalik kompyuter foydalanishi uchun mo‘ljallangan ixcham klaviatura.
86 tugmali dizayn raqamli blokdan voz kechish hisobiga ish stolida joyni tejaydi. Yumaloqlashtirilgan burchakli tugmalar matn terishda qulaylik yaratadi.
Klaviaturada yuqori elastiklikdagi silikon membrana ishlatilgan. Bu tugmalarning yumshoq bosilishiga yordam beradi. Belgilar lazer yordamida tushirilgan bo‘lib, ularning uzoq vaqt saqlanishiga xizmat qiladi.
Fn + F1–F12 kombinatsiyalari orqali 12 ta multimedia va internet funksiyasidan foydalanish mumkin.
Korpusdagi maxsus drenaj teshiklari tasodifiy suyuqlik sachraganda uning chiqib ketishiga yordam beradi. Klaviatura suv o'tkazmaydigan qurilma emas.
USB kabel orqali ulanadi, qiyalikni sozlash uchun tayanch oyoqchalari mavjud. Kiril harflar mavjud

