Baʼzida inson vafot etganda, uning ruhi yashirinish uchun joy izlab qoladi. Ayrim odamlarning ichida esa aynan shunday yashirinishga juda mos keladigan bo‘shliq mavjud bo‘ladi.
Yosh Makepeys tunlari o‘z tanasini egallab olishga urinadigan, boshpana izlab sarson ruhlardan himoyalanishni o‘rgangan edi, biroq bir kuni yuz bergan dahshatli voqea tufayli u hushyorlikni yo‘qotib qo‘yadi. Va endi uning ichida o‘zga bir ruh bor.

