GOLD HOUSE brendi ostidagi SILVER LINE kolleksiyasi — bu nafislik, sifat va zamonaviylik uyg‘unligidir. Endilikda siz SILVER LINE’ning 925 probali kumush taqinchoqlari to‘plamlarini xarid qilib, o‘z uslubingizni yanada mukammal ifodalay olasiz.
Mazkur kolleksiyadagi sirg‘a va uzuklar — zamonaviy dizayn hamda an’anaviy zargarlik san’ati uyg‘unlashgan noyob asarlardir. Ular har bir ayolning obraziga nafislik, joziba va o‘ziga xoslik baxsh etadi.
925 probali yuqori sifatli kumushdan yasalgan bu bezaklar uzoq yillar davomida o‘zining asl yaltirog‘i va shaklini saqlab qoladi.
SILVER LINE — bu shunchaki taqinchoq emas, bu sizning uslubingiz va didingizning ifodasidir.


