Kitob haqida:
Tibbiyotning homiladorlik va tug‘ruqqa zamonaviy yondashuvi. Kitobda bo‘lajak ona bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha holatlar uchun jahon shifokorlarining me’yorlari, muddatlari, jadvallari va tavsiyalari jamlangan. Muallifning asosiy maqsadi - qo‘rquvga tushgan homilador ayollarni tinchlantirish, ularga sog‘lom farzand dunyoga keltirishi va uni stress gormonlari va keraksiz dorilar bilan zaharlamasligi uchun tushunarli ma’lumotlar berish. Muallif, shuningdek, ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ayol jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkinligi haqida shifokorini tezda xabardor qilishi uchun bilimga ega bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi.
Kitobda materialning professional tarzda taqdim etilishi va muallif hayotidagi samimiy hikoyalar yaxshi uyg‘unlashgan.
Vitaminlar qabul qilish shartmi?
Qaysi dorilar xavfli, qaysilari esa xavfsiz?
Gemoglobinni qanday oshirish mumkin?
Ko‘ngil aynishi va qayt qilishda qanday ovqatlanish kerak?
Gipertonus shunchalik xavflimi?
Yo‘ldoshning muddatidan oldin ajralishi qanday oqibatlarga olib keladi?
Tahlillardagi og‘ishmalarni qanday tushunish kerak?
Viruslarga qarshi qanday kurashish mumkin?

