Siz yoki farzandingiz robototexnika sohasini tez va oson o'zlashtirishni istaysizmi?
Buning uchun nimalar kerak bo'lishini o'ylab qoldingizmi?
Bizning do'konimiz bu borada Sizning mushkulingizni osonlashtirishi mumkin! Hamma komponentlarni alohida-alohida sotib olishingiz shart emas.
Sizga boshlovchilar uchun eng ko'p qo'llaniladigan komponentlar kengaytirilgan to'plamini tavsiya etamiz.
Ushbu to'plam 830 kontaktli maket platasi va unga yordamchi sifatida tez-tez qo'llaniladigan yuzlab komponentlar: o'zgarmas kuchlanishni 7-12V dan 5V va 3.3 V ga tushirib beruvchi stabilizator, maket plata kontaktlarini qisqa tutashtiruvchi qattiq o'tkazgichlar, yumshoq o'tkazgichlarning male-male, male-female, female-female turlari, tugmalar, bir necha rangdagi yorug'lik diodlari, kondensatorlar, doimiy rezistorlar va sozlovchi rezistor, termistor va fotodiodlar, RGB-diod, tranzistorlar va boshqalarni o'z ichiga olgan.
- plastik qutida (Uzum Market tomonidan o'z tarqatish punktlarigacha yetkaziladi);
- 830 kontaktli (MB-102) maket platasi;
- 7-12V doimiy kuchlanishni 5V va 3,3V ga tushirib beruvchi modul, stabilizator;
- maket platasi uchun maxsus qattiq o'tkazgichlar;
- "male-male", "male-female" va "female-female" turidagi yumchoq o'tkazgichlar;
- ko'p kontaktli panel;
- passiv va faol zummerlar (spikerlar);
- tugmalar;
- yorug'lik diodlari;
- RGB-yorug'lik diodi;
- keramik va elektrolitik kondensatorlar;
- doimiy rezistorlar;
- sozlovchi rezistor;
- termistor;
- fotorezistorlar;
- oddiy diodlar;
- tranzistorlar;
- SN74HC595N (surish registri) va 4N35 (optopara) mikrosxemalari.
To'plamlarni Arduino paketda yoki plastik korobkada, platasisiz asosiy tarkibda yoki Arduino (UNO SMD, UNO DIP, Mega 2560) platalari bilan birga xarid qilish mumkin, uni menyudan tanlanishi mumkin!


