Natijalarning 80 foizi sabablarning 20 foizidan kelib chiqadi. Biz vazifalarimizning 80 foizini vaqtning 20 foizida bajarib ulg‘aramiz. Kapitalning 80 foizi odamlarning 20 foizi qo‘lida jamlangan. Kompaniya foydasining 80 foizini xodimlar, mahsulotlar va xizmatlarning 20 foizi ta’minlaydi. Bu — barcha boy va muvaffaqiyatli insonlar yanada boyroq hamda muvaffaqiyatliroq bo‘lish uchun (xoh ongli, xoh beixtiyor tarzda) qo‘llaydigan «oltin qoida»dir.
«80/20 tamoyili» (The 80/20 Principle) kitobi ilk bor nashr etilganidan buyon o‘tgan 24 yil ichida biznes sohasidagi klassik asarga va jahon miqyosidagi bestsellerga aylandi.

