Oddiy odamlar uchun noma'lum bo‘lgan — yonimizda yashab, hech kimning e’tiborini tortmaydigan shafqatsiz kimsalar olami haqidagi dahshatli hikoya.
Jinoyatchining xayolida nimalar kechadi? Ularni nima harakatga keltiradi: nafrat, g‘azab, omon qolish uchun kurash yoki qo‘rquvmi? Muallif xuddi psixolog kabi qahramonlarning harakatlantiruvchi kuchlari va ularning hayotidagi keskin vaziyatlarni chuqur tahlil qiladi. Ko‘plab sahnalar shunchalik jonli va real tasvirlanganki, ular kishida chinakam bezovtalik uyg‘otadi. Shu bilan birga, aynan shu tuyg‘u o‘quvchini yakunni katta hayajon va intizorlik bilan kutishga majbur qiladi — oldindan aytib bo‘lmaydigan yakunni.

