XX asr boshlarida Zigmund Freyd inson xarakteri tananing sezgir a'zolari (masalan, og'iz, burun, quloq va ko'zlar) bilan qandaydir tarzda bog'liq ekanligi haqida farazni ilgari surgan edi. Bir asr muqaddam Freyd ushbu a'zolarning sezgirligi inson hayotining har bir jabhasini — salomatligi va jinsiy moyilliklaridan tortib, kasb tanlashi va ish yuritish uslubigacha — shakllantirishini hali anglamagan yoki buni ochiq e'lon qilishga tayyor bo'lmagan.
Ushbu kitobda siz insonning ustunlik qiluvchi sezgi zonasiga asoslangan turli xil shaxsiyat turlari haqida bilib olasiz hamda ushbu bilimlar hayotiy vaziyatlarda sizga qanday yordam berishi mumkinligini kashf etasiz.

