Psixologiya professori, munosabatlar bo‘yicha dunyoga mashhur mutaxassis va bestseller kitoblar muallifi Jon Gottman baxtli munosabatlarni uchrashuvlarsiz qurib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.
Ushbu kitobning har bir bobi sizni munosabatlar uchun muhim bo‘lgan mavzularga — ishonch va moliyaviy masalalar, nizolarni hal etish va jinsiy hayot, oila va shaxsiy rivojlanish hamda orzular va sarguzashtlarga bag‘ishlangan sakkizta maxsus "suhbatli uchrashuv" bo‘ylab yetaklaydi. Bu uchrashuvlar sherigingizni yanada yaqinroq bilib olishingizga va hatto unga qaytadan ko‘ngil qo‘yishingizga yordam beradi.
Munosabatlaringiz qaysi bosqichda bo‘lishidan qat’i nazar, ushbu kitob sizga baxtli va umrboqiy hamkorlikni barpo etishda ko‘maklashadi.

