Mashhur muallifning ushbu yangi kitobi uning avvalgi asarlaridan shaxsan tanlab olingan hikoyalar hamda yaqindagina yozilgan yangi asarlarni o‘z ichiga oladi. Kitob o‘z nomini — «72 metr»ni — suv bosgan suvosti kemasida, mutlaq zulmatda va halokat yoqasida qolib ketgan, biroq umidsizlikka taslim bo‘lmagan bir guruh dengizchilarning og‘ir sinovi haqidagi hikoyadan olgan. Insoniy munosabatlarning — kulgili-absurd vaziyatlardan tortib, o‘lim bilan taqdiriy to‘qnashuvgacha bo‘lgan — keng qamrovi A. Pokrovskiyning o‘ziga xos adabiy uslubi va poetikasini belgilab beradi.

