Ushbu kitob — jahondagi superbestseller bo‘lib, shaxsiy rivojlanish bo‘yicha №1 asar hisoblanadi. U millionlab odamlarning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan, jumladan Bill Klinton, Larrі King va Stiven Forbs kabi shaxslarning hayotiga. Fortune 500 reytingiga kiruvchi yirik kompaniyalarning yarmidan ortig‘i xodimlarini ushbu kitobda bayon etilgan samaradorlik falsafasi bilan tanishtirishni o‘z burchi deb bilgan.
Kitob nima haqida?
Birinchidan, kitob insonning hayotiy maqsadlari va ustuvorliklarini aniqlash bo‘yicha tizimli yondashuvni tushuntiradi. Har bir insonning maqsadlari turlicha, lekin kitob o‘zini anglash va hayotiy maqsadlarni aniq belgilashga yordam beradi.
Ikkinchidan, kitob bu maqsadlarga qanday erishishni ko‘rsatadi.
Uchinchidan, kitob har bir inson o‘zini qanday yaxshilashi mumkinligini tushuntiradi. Bu yerda gap tashqi imidjni o‘zgartirish haqida emas, balki haqiqiy o‘zgarishlar, samimiy o‘zini takomillashtirish haqida boradi.
Kitob oddiy yechimlar bermaydi va tezkor mo‘’jizalarni va’dalamaydi. Har qanday ijobiy o‘zgarish vaqt, mehnat va qat’iyat talab qiladi. Ammo o‘z imkoniyatini maksimal darajada ro‘yobga chiqarishni istagan insonlar uchun bu kitob — yo‘l xaritasi.

