• Tashqi material: Yog‘och (qora yong‘oq rangi)
• Ichki material: Mikrovilyur
• Hajmi: 30 × 11 × 8 sm
• Fitinglar: Metall
• Og‘irligi: ~800 g
Qo‘l soatlaringiz har xil joyda yotadimi?
Tasavvur qiling: siz qutini ochasiz — va har bir soatingiz o‘z joyida, toza, chiroyli, silliq yostiqchada. Endi sizga kerakli soatni izlab ovora bo‘lish shart emas. Hammasi ko‘zingiz oldida, tartibda, himoyalangan.
Bu quti yog‘ochdan tayyorlangan, shaffof oynali qopqog‘i bilan sizning didingiz va intizomingizni aks ettiradi. Yumshoq ichki mato esa har bir soatni chizilish va changdan ehtiyotlaydi. Oltin tusdagi qulf va ilgak esa nafis yakun beradi.
Uyda, ish joyida foydalanish uchun ayni muddao.
Va albatta, sovg‘a sifatida – chinakam e’tibor ramzi.

