"6 Minutes PURE" — Amazon bestselleri va Germaniyada eng ko‘p sotilgan motivatsion kundalik bo‘lmish The 6-Minute Diaryning davomidir. Dominik Spenst ushbu yangi nashrni kitobxonlarning ko‘plab iltimoslariga binoan yaratdi. Endilikda kundalikda nazariy ma’lumotlar kamaytirilib, shaxsiy qaydlar uchun ko‘proq joy ajratilgan; shuningdek, undan yangi haftalik marosimlar, iqtiboslar, mashqlar va savollar ham o‘rin olgan.
"6 Minutes" turkumi har kuni butun dunyo bo‘ylab ikki million kishiga yanada ongli, muvozanatli va baxtli hayot kechirishda yordam beradi — buning uchun esa atigi ertalab uch va kechqurun uch daqiqa vaqt sarflash kifoya.

