6 kishilik, 45 ta predmetdan iborat idishlar to‘plami — nafis dizayn, mustahkam keramika va o‘ziga xos rang tovlanishiga ega zamonaviy glazur uyg‘unligi.
To‘plam 3 xil zamonaviy rangda: kofe rang, ko‘k va yashil ranglarda taqdim etilgan. Xameleon-glazur tufayli yorug‘lik va qarash burchagiga qarab idishlarning rangi va jilosi turlicha tovlanib, har bir buyumga o‘ziga xos ko‘rinish beradi.
4–5 mm qalinlikdagi keramika devorlari idishlarning mustahkam, chidamli va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi. Har bir idishda glazurning o‘ziga xos naqshi va tovlanishi mavjud.
Afzalliklari:
6 kishilik to‘liq dasturxon uchun 45 ta predmet;
qalin devorli mustahkam keramika;
devor qalinligi — 4–5 mm;
yorug‘likda chiroyli tovlanadigan xameleon-glazur;
tirnalishga chidamli;
silliq yuzasi parvarish qilish uchun qulay;
hidlarni o‘ziga singdirmaydi;
kundalik foydalanish uchun mos;
idish yuvish mashinasida yuvish mumkin;
mikroto‘lqinli pechda foydalanish mumkin;
kundalik va bayramona dasturxon uchun juda mos.
To‘plam tarkibi — 45 ta predmet:
Choynak — 1 dona
Piyola + tarelka — 6 + 6 dona
Katta tarelka — 6 dona
O‘rta tarelka — 6 dona
Oval tarelka — 6 dona
Katta oval tarelka — 2 dona
Kvadrat salatnitsa — 6 dona
Kosushka — 6 dona

Hashamatli idishlarda o‘zingizni haqiqiy qirol va qirolicha kabi his qiling. ✨

