Ayollar uchun mo‘ljallangan ushbu zamonaviy jilet qulaylik va nafis ko‘rinishni birlashtiradi. Qora rangdagi klassik dizayni turli kiyimlar bilan osongina uyg‘unlashadi. Uni kofta, vodolazka, sviter va boshqa kundalik kiyimlar ustidan kiyish mumkin.
Jiletning old qismi to‘lqinsimon naqshlar bilan qavilgan bo‘lib, o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Old tomonidagi nafis kashta, munchoq va yaltiroq bezaklar mahsulotga yanada chiroyli va zamonaviy ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Old qismida qulay zamok mavjud. Jiletning ikki yon tomonida qo‘l solish uchun qulay cho‘ntaklar joylashgan. Cho‘ntaklar tepadan emas, yon tomondan ochiladi. Yoqa va yeng o‘mizlari burmali bezak bilan ishlangan.
Yengsiz bichimi tufayli qo‘llarni erkin harakatlantirish mumkin. Jilet kundalik foydalanish, sayr, ish va salqin ob-havoda ustki kiyim sifatida kiyish uchun mos.
