• 180˚ qayriladigan va +8˚/-5˚ egiladigan kronshteyn
• Burchak kronshteynlar
• Qayriladigan kronshteynlar
• 45kg og’irlikdagi yuk ko’tara oladi.
• Katta televizorlarga qayriladigan, buriladigan kranshteynlar
• LCD, LED, OLED, QLED, Plasma va boshqa televizor hamda monitorlar uchun kronshteyn
• NORTH BAYOU P6 modeli
Hariddan avval ma’lumotni to’liq o’qing!!!
Yuqori sifatli NORTH BAYOU kronshteynlari 32 diognaldan 80 diognalgacha bo’lgan televizor va monitorlarni devorga qotirish uchun mo’ljallangan. North Bayou asli Xitoy maxsuloti bo’lib, Yevropa va Dubay Davlatlari uchun ishlab chiqarilgan.
O’ng va chapga (180˚gacha) qayriladi va tepa va pastga (10-15˚) egiladi. Ushbu kronshteyn kichik xonalarda joyingizni tejashda va xona interyerini yanada boyitishga yordam beradi. Baquvvat 4 ta ishonchli metal bo’laklari, televizorni osongina burishingizni ta’minlaydi. Televizor qancha katta va og’ir bo’lmasin, uni aylantirish (o’ng yoki chapga burishingiz) uchun sizga hech qanday qo’shimcha qurilma kerak bo’lmaydi. Siz uni, bir qo’l yordamida osongina, birgina yengil harakat bilan bura olasiz. Qalin metal usti - sifatli qora rangli bo’yoqda bo’yalgan. Devor va televizorga qotirish uchun esa komplektida bir necha turli baquvvat bolt gaykalar mavjud. Televizoringizning kabel simlari osilib qolmasligi uchun esa bejirim dekorativ plastmassalari ham mavjud. Devordan televizoringizgacha bo’lgan maksimal masofa 45-50sm. gacha. Kronshteyn yeg’ilgan (televizor devorga yaqin) holatida oraliq 5 sm gacha bo’ladi.
NB P6 modeli:

NB P6 modeli:
Mo’ljallangan diognal (dyum): 32/37/40/42/43/49/50/55/60/65/7075/80 diognal (dyum) televizor va monitorlar uchun
Maksimal yuk ko’tarishi: 45.5kg
Kronshteyn (o’nga va chapga) burilishi: 180˚ (ESLATMA: kronshteyn 180˚buriladi, ammo televizor qotirilgandan so’ng devorga tegib qolishini hisobga oling).
Kronshteyn (tepa va pastga) egilishi: +3˚/-5 ˚
Aylanish burchagi: +4˚/-4˚ (Barcha bolt gaykalar qotirilgandan so’ng ham, gorizontal holatini biroz o’zingizga moslab olishingiz mumkin).
Kronshteynga qotirilish oraliqlari: 20*20sm/30*30sm/40*40sm/60*40sm.
Kronshteyn qotirilganda Televizorgacha masofa: 5.2sm.dan 38sm.gacha

Tavsiya:
1. Hariddan so’ng birinchi navbatda qadoq buzilmaganligiga ishonch hosil qiling.
2. Kronshteynni avval devorga qotirib, keyin esa televizoringizni kronshteynga qotiring.
3. Kronshteynni devorga qotirgandan so’ng, unga yuklama berib (osilib) tekshirib ko’ring. Boltlar to’liq qotirilganiga ishonch hosil qiling.
4. O’rnatib bo’lganingizdan so’ng, televizoringizni o’nga va chapga burib tekshirib ko’ring.
5. Maxsus plastik qoplamalar orqali kabel va simlarni berkitib qo’ying.
6. So’ng televizoringizni rasmga olib, iliq fikrlaringizni boshqa haridorlar bilan bo’lishing.
7. O’zingizga qulay burchakka burib, maroq bilan televizoringizni tamosha qiling.

ESLATMA: Kronshteyn gipsokartonga, yupqa dekorativ qoplamali devorga qotirish tavsiya etilmaydi. Kronshteynni taxta uchun samarezlarda, tom uchun samarezlarda qotirish ham tavsiya etilmaydi. Agar kronshteynni temir ustun yoki qalin taxta ustunga qotirish kerak bo’lsa, ustunni teshib, bolt gaykalar orqali qotirish tavsiya etiladi. Kronshteyn o'rnatiladigan devor - Kronshteyn va televizorning umumiy og'irligiga bardosh bera olishiga va televizorni burganda (harakarga keltirilganda) qo’porilib tushmasligiga ishonch hosil qiling. Mustaxkam qotirilishiga e’tiborli bo’ling. Imkon darajasida professionallar tamonidan o’rnatish tavsiya etiladi.

