Bir paytlar kimdir uchun shunchaki vaqt o‘tkazish vositasi yoki oddiy bir buyumdan ko‘proq narsaga aylanishim mumkinligini tasavvur ham qilolmasdim. So‘nggi paytlarda ko‘p odamlarni yo‘qotdim, ammo ayni paytda chin do‘stlar va o‘zim sevgan insonni ham topdim. Hayotimda boshqa hech qanday erkak bo‘lmasligini aniq biladigan bir reallikda yashayapman. Boshqasi bo‘lishini istamayman ham.
Ilgari nikoh va farzand ko‘rish kabi jiddiy narsalar haqida hech o‘ylab ko‘rmaganman. Ammo bugun aynan shuni istayman. Yonimda boshqa birovni — xuddi Nikolas Xold kabi, shunchaki bir nigohi bilan meni himoya qilishga qodir bo‘lgan insonni — tasavvur ham qilolmayman.

