Men uni sevaman va u nimani yashirayotganidan qatʼi nazar, uni tark eta olmayman. Axir uni sevmay bo‘ladimi? U g‘ayrioddiy inson; garchi u barcha taqiqlarni buzsa va tuyg‘ularimni eng og‘ir sinovlarga duchor qilsa-da... Uning quchog‘ida iliqlik topsam-da, har o‘tgan kun ich-ichimdan muzlab borayotgandekman. Undan zavq olaman va ayni paytda qo‘rquvni his qilaman — ammo bu qo‘rquv shunday bir hayajon uyg‘otadiki... Bizning hikoyamiz baxtli yakun topadimi?
Uni chinakamiga anglash uchun ortga — zulmat qaʼriga nazar tashlash kerak.
Uni yanada kuchliroq sevish uchun esa tashqi dunyoga nisbatan kar va ko‘r bo‘lish lozim.
Qadam-baqadam. Uni aynan shu inson qilgan o‘sha zulmat tubiga tomon.
Oxiriga yetish va omon qolish uchun. Hech bo‘lmaganda, omon qolish uchun...

