Men uni sevaman va nima yashirayotgan bo‘lsa ham, tashlab ketolmayman. Uni qanday sevmaslik mumkin o‘zi? Axir u barcha taqiqlarga zid bo‘lsa-da, aql bovar qilmas inson, his-tuyg‘ularimni sinovdan o‘tkazyapti-ku. Uning bag‘rida isinaman va har yangi kun o‘tgan sayin ich-ichimdan muzlab boraman. Undan rohatlanaman va qo‘rquv his qilaman, ammo bu qo‘rquv shunchalik hayajonliki... Hikoyamiz baxtli yakun toparmikan?
Uni bilish uchun orqaga qaytish kerak. Zulmatda.
Uni yanada ko‘proq sevish uchun atrofdagi olamga kar va ko‘r bo‘lib qolish kerak.
Bosqichma-bosqich. Uni shunday bo‘lishiga sabab bo‘lgan zulmat tubiga sho‘ng‘ish kerak.
Oxirigacha borib, omon qolish kerak. Hech bo‘lmasa omon qolsa...

