Zamonaviy bolalar elektromobili 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Model 4WD tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, 4 ta motor kuchli va silliq harakatni ta’minlaydi. Turli xil yo‘llarda bemalol va barqaror yurish imkonini beradi.
EVA gel g‘ildiraklar yumshoq va shovqinsiz harakatni kafolatlaydi, asfalt, plitka yoki hovli sharoitida ham qulay foydalanish mumkin.
Charm o‘rindiq bolaga qulay o‘tirish imkonini yaratadi. 12V / 7Ah akkumulyator uzoqroq vaqt davomida haydash imkonini beradi va tez-tez quvvatlashni talab qilmaydi.
Mustahkam konstruktsiya, xavfsizlik va zamonaviy dizayn ushbu elektromobilni farzandingiz uchun ajoyib sovg‘aga aylantiradi.


