Bu — sirli muhit, ramziy belgilar va jumboqlarga boy, o‘ta qiziqarli detektiv asar. U fransuz adabiyotini rus tiliga eng yaxshi tarjima qilganlik uchun beriladigan Vaxmaxer mukofoti sohibasi Nina Xotinskaya tomonidan tarjima qilingan.
Dimitri va Tessa ta’tilni o‘tkazish uchun onalari bilan birga marhum amakilarining uyiga kelishadi. Bu ulkan va g‘aroyib uyda bolalarni o‘nlab qulflangan eshiklar hamda undan-da ko‘proq sirlar kutib turardi. Aslida, ularning sirli amakisi qanday inson bo‘lgan? Yillar ilgari bu katta uyda nimalar yuz bergan? Qulflangan eshiklar kalitlarini birin-ketin topib borar ekanlar, bolalar jumboq yechimiga tobora yaqinlashib boradilar.

