O‘n uch yoshli Greguar birinchi o‘qituvchisi uni qanday ta’riflaganini yaxshi eslaydi: "Elakdek xotira, oltin qo‘llar va ulkan yurak..." U aynan shunday yashaydi: bobosini jon-u dildan yaxshi ko‘radi, turli narsalarni yasash va tuzatishga ishqiboz, ammo ota-onasi har kuni majburlab jo‘natadigan maktabni esa yomon ko‘radi.
Bir kuni o‘quvchilar butun vaqtini narsalar yasashga bag‘ishlaydigan maktab haqida eshitib qoladi va xonasiga qamalib, o‘sha yerga qabul qilishlarini so‘rab, kulgili hamda ta’sirli xat yozadi; xatga o‘zining ilk ixtirosi — banan po‘stini tozalaydigan mashina chizmalarini ilova qiladi va... hayajon bilan javob kutadi. Balki baholar eng muhim narsa emasdir, hayotdan nimani istayotganingni bilish esa ancha muhimroqdir?

