Ko‘pchilik hayotni faqat qandaydir mo‘jiza: lotereyada yutish yoki baxtli turmush qurish natijasida yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkin, deb hisoblaydi! Bunday odamlar hamma narsani o‘zgartirib yuboradigan tashqi tasodifiy hodisalarni kutishadi. Ular hayot ular bilan "sodir bo‘layotganini" o‘ylashadi.
Bir lahza to‘xtab, o‘zingdan so‘rab ko‘rsang, hayotda aslida nimani xohlashingni aniqlab, maqsadlaringni yozib, ularga erishish yo‘lida ish boshlasang, mo‘jiza yuz berishi mumkin. Buni o‘zimda ham, atrofimdagilarda ham kundan-kunga kuzatib boryapman. Boshlash uchun qalam yoki ruchka va qaydlar uchun daftar olib, butun kitobni o‘qing. Keyin uni ikkinchi marta o‘qing, ba’zi mashqlarni bajarishni va hayotingizga yangi odatlarni kiritishni boshlang - bu qiziqarli sinov-drayvga aylanadi. O‘z ustingizda 30 kun tinimsiz ishlasangiz, odatlaringiz dunyongizni tubdan o‘zgartiradi - hech bo‘lmasa, uni ancha yaxshilaydi. Sizga oson bo‘lgan mashqlarni bajaring.

