• Sifatli udelenitel
• 3 metrli elektr uzatma kabeli
• 2-3-4 rozetkali elektr uzatma kabeli
• 16A/3500W ko’tara oladigan udlinitel
• Maxsulotlarimiz orasida turli uzunlikdagi sifatli elektr uzatma kabellari (3-5-10metr) ham bor
• Agar maxsulotlarimiz ma’qul kelmasa, yoki biron bir nosozlik kuzatilsa chat orqali bizga aloqaga chiqing
Elektr uzatma kabeli - bu nafaqat elektr simining uzunligini uzaytiradi balki Elektr jihozlari va texnik qurilmalarning bir nechtasini bir vaqtning o’zida ulashga imkon beradi. Ushbu mahsulot turli xil jihozlarni bir joyda qulay ulash imkonini beradi va butun ofis yoki uyingizda tartibli va xavfsiz foydalanishni ta'minlaydi. Uzatma kabeli foydalanishga tayyor va hech qanday yig'ishni talab qilmaydi.
Uzatma kabeli zamonaviy va mustaxkam ABS plastik korpusdan tayyorlangan. Uning oq rangi har qanday interyerga mos keladi. Uning ichki qismlari esa latun va kontaktlari misdan qilingan. Be esa unga ulangan qurilmalarga elektr tokini yaxshi o’tkazishni ta’minladi. Kontaktlari zanglamaydi va uzoq yillar sizga ishonchli hizmat qiladi. Uzatma kabelida 2,3 va 4 ta rozetka mavjud bo'lib, u bir vaqtning o'zida bir nechta elektr qurilmalarni ulash imkonini beradi. Texnik xususiyatlar ham yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlaydi. Tarmoq kuchlanishi 110-250V, maksimal oqim esa 3500W/16A. Bu ko'rsatkich ko'pchilik maishiy texnikalarni bir vaqtning o’zida ulash imkonini beradi.

Muhim tavsiyalar:
- Elektr uzatma kabelini elektr simlariga ulashda ehtiyotkor bo’ling. Ochiq kontaktlarga, izolatsiyalanmagan simlarga ulamang.
- Bir vaqtning o’zida isitish pechkalari, Tefal, mikroto’lqinli pech, muzlatgich, kir yuvadigan mashina, konditsioner va boshqa yuqori kuchlanish talab etadigan qurilmalarni ulamang. Maksimal quvvat darajasiga (Maks 16A, 3500W) mos kelishiga ishonch hosil qiling.
- Elektr uzatma kabeli va rozetkalari (kalodka) ichonchli va sifatli plastikdan yasalgan. Ammo Elektr uzatma kabeli va kalodkasini imkon qadar ochiq olov, yomg’ir, qor va kuchli quyosh nuridan himoyalang.
- Agar nosozlik kuzatilsa (kontaktlar uzulgan, singan yoki yaroqsiz) Elektr uzatma kabelidan foydalanmang
- Agar imkon bo’lsa, mutahassis bilan maslahatlashing. Yoki internet orqali to’liq ma’lumot olib, so’ng foydalaning.

