28 mm diametrli shaffof plastik halqa kartochkalar, flashcardlar, didaktik materiallar, lug'at kartalari, o'quv qo'llanmalari va ofis hujjatlarini bir joyga jamlash uchun mo'ljallangan.
Shaffof dizayni kartochkalarning rangini va dizaynini to'liq saqlab qoladi. Mustahkam plastikdan ishlab chiqarilgan bo'lib, oson ochilib-yopiladi va uzoq muddat xizmat qiladi.
Bog'cha tarbiyachilari, logopedlar, o'qituvchilar, repetitorlar, ofis xodimlari hamda o'quv markazlari uchun juda qulay tanlov hisoblanadi.

