Kitob haqida:
Nima qilishni bilmayapsanmi? Ehtimol, ilm-fanda o‘z kuchingni sinab ko‘rish vaqti kelgandir? Eng yaxshi ilmiy tajribalar sening ixtiyoringda! Ushbu nashrda hatto eng yosh kitobxonlar ham bajara oladigan qiziqarli tajribalarning bosqichma-bosqich tasvirlari va tavsiflari mavjud. Ular tabiat qonuniyatlari bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi. Ko‘plab isbotlangan, o‘rgatuvchi va ayni paytda qiziqarli tajribalarni ko‘chada, oshxonada va hatto yozuv stolida ham o‘tkazish mumkin. Murakkab bo‘lmagan tajribalar maktab dasturini o‘zlashtirishga, mantiqiy qobiliyatlarni, tasavvurni, kundalik hodisalarda ularning tabiiy mohiyatini ko‘ra olish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Bu yerda fizika, kimyo va biologiyaning murakkab qonuniyatlari oddiy tilda, ko‘rgazmali misollar yordamida tushuntiriladi. Tajribalar natijalari va ularga berilgan tushuntirishlar shu qadar tushunarli bayon etilganki, barcha murakkab narsalar albatta oddiy bo‘lib qoladi. Ushbu ajoyib tasvirlangan kitob tabiat qonunlarini o‘rganish oson va qiziqarli ekanligini isbotlaydi!
Kichik va o‘rta maktab yoshi uchun.

