PC817 optopari asosidagi ikki kanalli galvanik ajratish moduli. Uning yordamida tashqi yuklamalar va periferik qurilmalarni xavfsiz boshqarishni sozlash mumkin. Kuchlanish diapazoni 3,6 dan 24 volt o‘zgarmas tokgacha, chiqishida esa 3,6...30 V o‘zgarmas tokgacha bo‘lgan kirish signali qo‘llab-quvvatlanadi.
Qurilmaning oshiruvchi yoki pasaytiruvchi ish rejimidan pereklyuchkalar (sariq rangli) yordamida o‘tish mumkin. Ikki tomondagi vintli klemmalar qo‘shimcha asboblardan foydalanmasdan (faqat kichik otvyortka kerak bo‘lishi mumkin) kirish manbai va yuklama kontaktlaridan simlarni ulashni osonlashtiradi. Shuningdek, modul platasida 4 ta vintli teshiklar mavjud bo‘lib, ular yordamida bo‘lajak qurilmaning korpusiga montaj qilish oson.
Texnik xususiyatlari:
Optron modeli: PC817
Maksimal chiqish toki: 50 mA
Boshqaruv kuchlanishi: 3,3 yoki 5 V
Kirish kuchlanishi: 3.6...24 V o‘zgarmas tok
Chiqish kuchlanishi: 3.6...30 V o‘zgarmas tok
Kanallar soni: 2/4/8

