Dunyoga mashhur bolalar yozuvchisi Brigitte Veninger ushbu kitobda eng sevimli Yangi yil va Rojdestvo hikoyalarini jamlagan. Unda gnomlar oilasi o‘rmonda sehrli damlama tayyorlaydi, Xolle ona yerni qor ko‘rpasi bilan o‘raydi, bolalar esa Qorboboni intiqlik bilan kutishadi. Farzandingizni tizzangizga o‘tqazib, sevimli kreslongizga qulay joylashib oling va o‘zingizning shaxsiy qishki ertak bayramingizni — sirlar va mo‘jizalarga boy ushbu to‘plamni mutolaa qilishni boshlang. Hikoyalar soni bejizga tanlanmagan: muallif dekabr oyining har bir kunida — to katoliklar Rojdestvosigacha — bittadan ertak o‘qib borishni tavsiya qiladi.

