20 Vt quvvatga ega ixcham va kuchli quvvatlash adapterlari — smartfon, planshet, quloqchin hamda boshqa elektron gadjetlaringizni tez va xavfsiz quvvatlash uchun ajoyib yechimdir.
Katalogda adapterlarning 2 xil qulay formati taqdim etilgan:
1 ta Type-C portli adapter (20W): Apple uslubidagi minimalist dizaynga ega. Power Delivery (PD) tezkor quvvatlash protokolini qo'llab-quvvatlaydi. iPhone, iPad va zamonaviy Android qurilmalarini tez quvvatlash uchun juda mos keladi.
2 ta portli (USB + Type-C) adapter (20W): «Ikkisi birda» formatidagi universal adapter. Bir vaqtning o'zida ikkita qurilmani (masalan, smartfon va simsiz quloqchinni) quvvatlash imkonini beradi.
Asosiy afzalliklari:
20W tezkor quvvatlash: smartfoningizni bor-yo'g'i 30 daqiqa ichida 50% gacha quvvatlash imkonini beradi (agar qurilmangiz tezkor quvvatlash rejimini qo'llab-quvvatlasa).
Keng qamrovli moslik: iPhone, Samsung, Xiaomi, Huawei, shuningdek powerbank, simsiz quloqchin va aqlli soatlarni quvvatlash uchun to'liq mos keladi.
Ko'p bosqichli xavfsizlik tizimi: o'rnatilgan aqlli mikrosxema qurilmani qizib ketishdan, kuchlanish o'zgarishidan va qisqa tutashuvdan hidoya qiladi.
Ixcham va qulay korpus: adapterni o'zingiz bilan yo'lga, sotuvga yoki o'qishga olib yurish juda qulay — u sumkada ortiqcha joy egallamaydi.
Standart yevro-vilka: qo'shimcha o'tkazgichlarsiz (perexodnik) barcha rozetkalarga to'g'ri keladi.



