O‘n yildan kamroq vaqt ichida sayyoramiz tanib bo‘lmas darajada o‘zgaradi. Salmoqli mablag‘ to‘plagan nafaqaxo‘rlar hamda Hindiston va Xitoydagi o‘rta sinf vakillari global iste’mol bozorini shakllantiradi; Afrikada sanoat inqilobi yuz beradi; eng boy insonlar ro‘yxatida ayollar erkaklardan o‘zib ketadi; zavodlarda robotlar soni inson ishchilar sonidan oshib ketadi; iqlim o‘zgarishi va toza suvga bo‘lgan ehtiyoj esa insoniyatning asosiy muammolariga aylanadi. Global bozor tendensiyalari bo‘yicha taniqli ekspert va Uorton maktabi (Wharton School) professori Mauro Giyenning fikricha, ushbu global o‘zgarishlarni anglashning yagona yo‘li — qoliplardan tashqarida fikrlashdir.

