"O‘sish nuqtalari" — bu savdolarni oshirishga yordam beradigan, mijozlarni jalb qilish usullari va vositalaridir. Ba’zida bunday imkoniyatlar eng kutilmagan yoki ko‘zga tashlanmaydigan joylarda yashiringan bo‘ladi. Shu bois, agar siz barcha yo‘llarni sinab ko‘rdim deb o‘ylasangiz, ushbu kitob aynan siz uchun.
Muallif — biznes sohasida amaliy tajribaga ega mutaxassis. Kitobda keltirilgan ikki yuzta usul muallifning o‘z kompaniyasida ham, u maslahatchi sifatida ishlagan firmalarda ham qayta-qayta sinovdan o‘tkazilgan.
Siz qo‘lingizda shunchaki bir kitobni emas, balki samarali savdo tizimini yaratishga mo‘ljallangan amaliy qo‘llanmani ushlab turibsiz. Uni shunchaki o‘qibgina qolmay, amaliyotda qo‘llang. Agar ushbu vositalardan hatto o‘n yoki yigirmatasini — ikki yuztasining hammasini aytmaganda ham — hayotga tatbiq etsangiz, natijaga erishishingiz kafolatlanadi.

